Turkiya Suriya shimolidagi Afrin hududiga qo‘shimcha kuchlar, xususan, maxsus topshiriqli bo‘linmalarini yo‘lladi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bekir Bo‘zdog‘ ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
“Afringa maxsus topshiriqli kuchlarimizni kiritdik. Bundan maqsad tinch aholi himoyasini ta’minlash va amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlash hisoblanadi”, degan Bo‘zdog‘.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya aviatsiyasining kurdlar pozitsiyalari bo‘ylab zarbalari davom ettiriladi.
Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi 20 yanvar kuni Afrinda “O‘z-o‘zini mudofaa qilish xalq kuchlari” va “Demokratik ittifoq” partiyasiga qarshi “Zaytun butog‘i” operatsiyasining boshlanganligi haqida e’lon qildi.
24 fevral kuni BMT Xavfsizlik kengashi Suriyada 30 kun o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi rezolyutsiya loyihasiga ovoz berdi. Ushbu yarashuv rejimi ISHID terrorchilik guruhiga qarshi harbiy operatsiyalarga taalluqli bo‘lmaydi.
Turkiya ham Afrinda gumanitar tanaffusga amal qilishdan bosh tortdi.
Rasmiy Damashq Turkiyaning harakatlarini agressiya akti sifatida baholaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...