10:48 / 27.02.2018
3 897

Putin Sharqiy Gutada gumanitar tanaffus saqlanishini buyurdi

Putin Sharqiy Gutada gumanitar tanaffus saqlanishini buyurdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vaziri Sergey Shoyguga Sharqiy Gutada kunlik gumanitar tanaffusga amal qilish ta’minlanishini buyurdi. Har kuni soat 9 dan 14 ga qadar aholiga yordam berish va jabrdiydalarni olib ketish maqsadida harbiy harakatlar to‘htatilishi kerak.

24 fevral kuni BMT Xavfsizlik Kengashi Sharqiy Gutada o‘t ochishni 30 kunga to‘htatishga qaratilgan rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish o‘zaro kurashayotgan tomonlarga murojaat qilib “zudlik bilan” 30 kunlik o‘t ochishni to‘htatish rejimga o‘tishni so‘radi. Putinning Shoyguga buyruq berguniga qadar Rossiya tomonlar rezolyutsiyani bajarish masalasida kelishib olganlaridan keyingina tinchlik o‘rnatish imkoniyatilari haqida gapirib kelardi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

BMTning inson huquqlari bo‘yicha Kengashining yillik sessiyasi ochilishida nutq so‘zlagan Guterrish bayonot berib, BMTning insonparvarlik muassasalari Sharqiy Gutadan jarohat olganlarni evakuatsiya qilishga va yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi. “Sharqiy Guta kuta olmaydi. Yer yuzidagi do‘zaxni to‘htatadigan vaqt yetib keldi”, –dedi Guterrish.

Inson xuquqlarini monitoring qilish Suriya markazi bergan bayonotga qaraganda, 26 fevral kuni berilgan aviazarbalar va otishmalar natijasida 9 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Xuquq himoyachilarining xabar qilishicha, bir kun avval tinch aholi vakillariga nisbatan xlor qo‘llanilgan. Moskvada Kreml vakili Dmitriy Peskovning bayonot berishicha, Sharqiy Gutadagi vaziyat tashvish uyg‘otmoqda, “terrorchilar” esa tinch aholi vakillaridan “garov” sifatida foydalanmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Sharqiy Gutada gumanitar tanaffus saqlanishini buyurdi