
Eronda AQSH dollarlarida import kelishuvlarini amalga oshirish taqiqlandi. Bu haqda Kun nashri ma’lum qildi.
Endilikda Eron bojxona idoralari hisob-kitoblarda dollar qo‘llangan deklaratsiya va mahsulotlar olib kirishga buyurtmalar bilan ishlamaydilar.
Importchilar dollar o‘rniga yevro yoki savdo olib boriladigan davlatlar milliy valyutalarini ishlatishlari mumkin bo‘ladi. Eron markaziy bankining ta’kidlashicha, dollar taqiqlanishi oqibatida xalqaro bitimlarda muammolar bo‘lmaydi, chunki hozirda mamlakatda dollar tashqi savdo operatsiyalarining oz miqdorida qo‘llanadi. Bu haqda Forbes nashri xabar bermoqda.
Nashrning ma’lum qilishicha, yevroning qo‘llanishi ikki marta valyuta ayirboshlash zarurati tufayli importchilarning xarajatlarini ko‘paytirishi mumkin.
Dollar taqiqlanishining sabablaridan biri Eron milliy valyutasi – rialning qadrsizlanib borayotgani hisoblanadi. Yil boshidan Eron valyutasi 8 foizga qadrsizlashgan, 2017 yilda ham uning kursi pasaygan. Dollarga import qilishning taqiqlanishi Eronda dollarga talabni kamaytirishi kerak. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar