
AQSHning CBS telekanali boshlovchisi Nishel Medina ertalabki yangiliklar dasturini olib borayotgan vaqtda noqulay vaziyatga tushib qoldi. Jonli efir vaqtida uning boshiga San-Diyego hayvonot bog‘iga tegishli Sofi laqabli qizil qush kelib qo‘ngan. Dasturda keyinroq ana shu qush haqida hikoya qilish rejalashtirilgan edi, deb yozadi Darakchi nashri.
Kutilmagan holatga qaramasdan, Medina hayajonlanmasdan dasturni davom ettirdi. Lekin uning hamrohi Erik Kanert esa boshiga qush qo‘nmoqchi bo‘lganda darhol boshini qo‘li bilan yopib oldi. Mazkur videoni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing