07:32 / 05.03.2018
4 246

“Arsenal” futbolchisi onasini ko‘chaga haydadi

“Arsenal” futbolchisi onasini ko‘chaga haydadi
“Arsenal” yarim himoyachisi Eynsli Meytlend-Naylsning onasi pulsiz va g‘arib ahvolda qoldi.

The Mirror nashri ma’lumotiga ko‘ra, 38 yoshli Juli Nayls 3 metr kv. maydondagi metall konteynerda yashashga majbur bo‘lmoqda.

“Bu yerda hojatxona va yuvinish uchun sharoitlar yo‘q”, — deya hikoya qiladi uysizlarga yordam ko‘rsatish xizmati.

“O‘g‘lim Eynslining bir necha haftalik maoshi puli menga kvartira olib berishi uchun yetarli bo‘lardi. Lekin pullar uning boshini aylantirib qo‘ydi. O‘g‘lim «Arsenal”da o‘ynayotganida men ko‘chada qoldim. Bu dahshat. Men shunchaki, aybim nimaligini bila olmayapman», — degan futbolchining onasi.

Ayni vaqtda 20 yoshda bo‘lgan Meytlend-Nayls jamoada haftasiga 30 ming funt sterling miqdorida maosh oladi va 700 ming funtlik koshonada yashaydi. Joriy mavsumda ushbu futbolchi “kanonirlar” uchun barcha turnirlar doirasida 21 o‘yinda maydonga tushdi. U“Arsenal” bilan Angliya Kubogi (2016/17) g‘olibi bo‘lgan. 2017 yilda ushbu xavbek Angliya yoshlar jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Arsenal” futbolchisi onasini ko‘chaga haydadi