
Olmaotalik pensioner haydovchilik guvohnomasini almashtirayotgan payti o‘zining allaqachon o‘lganini bilib qoldi.
66 yoshli Aytbay Abdullayev Adliya va sog‘liqni saqlash vazirliklari ma’lumotlar bazasida 5 yildan buyon vafot etgan fuqarolar ro‘yxatida ekan.
Uning vafot etgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olish va axborotlarni saqlash yagona tizimiga 2013 yilning 6 mayida xatolik bilan kiritilgan. Aytboy ota pensiya olayotgan va kommunal to‘lovlarni to‘lab kelayotganiga qaramasdan, mana ikki oydan buyon o‘zining tirikligini davlat organlariga isbotlash bilan ovora. “Afsuski, qog‘ozda «qayta tirilish” ancha-muncha hujjat talab etar ekan», deydi Qozog‘iston 31-telekanaliga bergan intervyusida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar