Qirg‘iziston atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi davlat agentligi vahshiy qushlarni boqish va ulardan foydalanish qoidalarini jamoatchilik muhokamasiga kiritdi. Lochin, burgutlardan foydalangan holda ovlash, ularni saqlash va ulardan foydalanish huquqi faqatgina ovchi maqomiga ega bo‘lgan kishilarga taqdim etiladi.
Qirg‘iziston Qizil kitobiga kiritilgan qushlarni ovlash cheklovi ham joriy etiladi. Ya’ni bir yilda jami qushlarning 1 foizdan ortig‘ini ushlash taqiqlanadi.
Har bir ushlangan qushning aniqlik raqami, ya’ni pasporti bo‘ladi. Qoidalarda lochin, burgutlarni saqlash shartlari, qafas hajmi, materiali, havo harorati kabilarga doir raqamlar ham qayd etiladi.
Madaniy, ko‘ngilochar tadbirlar va namoyish etish maqsadida ovchi qushlarning salomatligiga ziyon yetkazuvchi dori vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Agar qush ovlash qobiliyatini yo‘qotsa, uning egasi qushni boqishi, yoxud boqa oladigan idoraga yoki kishi ixtiyoriga berishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?