4 683
Arnold Shvarsenegger “Terminator”ning yangi qismi qachon suratga olinishini oshkor qildi
Mashhur aktyor Arnold Shvarsenegger “Terminator” filmining navbatdagi – 6-qismi suratga olish ishlari 2018 yil iyunda boshlanishini ma’lum qildi.
Suratga olish ishlari ushbu filmning so‘nggi qismi “Terminator: Genezis” ekranlarga chiqqanining 3 yilligi arafasida boshlanadi. Shvarseneggerning aytishicha, u o‘zining eng mashhur rollaridan biriga qaytadi.
“Biz “Terminator-6”ni iyunda suratga olishni boshlaymiz va oktyabr o‘rtalarida tugatamiz. Men undarol ijro etaman. O‘z rolimga qaytishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman”, deb aytgan aktyor.
Shvarsenegger rejissyor Tim Miller va suratga olishni nazorat qiluvchi Jeyms Kemeron bilan barchasi a’lo darajada bo‘lishini aytdi. Miller “Dedpul” filmini suratga olgan.
Ushbu “Terminator” yangi trilogiyaga start beradi va “Terminator-2”ning undan keyin chiqqan 3 qismni hisobga olmagan holdagi to‘laqonli davomi bo‘ladi.
Yangi qismda ham Sara Konnor rolini “Terminator” va “Terminator-2” filmlarida ushbu rolni ijro etgan aktrisa Linda Xemilton o‘ynaydi. Film premyerasi 2019 yil 26 iyulga belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi