
Finlyandiyada nayza uloqtirish bo‘o‘yicha musobaqalar tashkilotchilari nayzani uzoqqa uloqtirish bo‘yicha rekordni yangilaydigan atletga orol sovg‘a qilishmoqchi. Bu haqda Xalqaro yengil atletika federatsiyalari uyushmasi (IAAF) matbuot xizmati ma’lum qildi.
Amaldagi rekord finlyandiyalik Aki Parviaynenga tegishli bo‘lib, u 1999 yilda nayzani 93,09 metrga uloqtira olgan.
Kim rekordni yangilasa, o‘shanga Turku arxipelagidagi orollardan biri sovg‘a qilinadi.
Ta’kidlanishicha, germaniyalik Olimpiya chempioni Tomas Roler hamda uning hamyurti va amaldagi jahon chempioni Yoxannes Vetter ushbu mukofot uchun kurashish istagini bildirganlar.
Musobaqa esa 5 iyunda bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar