20:12 / 08.03.2018
5 019

Bo‘yi 234 santimetrga yetgan britaniyalik o‘smir basketbol bilan shug‘ullana boshladi

Bo‘yi 234 santimetrga yetgan britaniyalik o‘smir basketbol bilan shug‘ullana boshladi
Buyuk Britaniyaning Suffolk grafligida joylashgan Beri-Sent-Edmunds shaharchasida yashovchi Brendon Marshall mamlakatdagi eng bo‘yi baland o‘smir hisoblanadi. U Uels milliy basketbol jamoasida mashg‘ulotlarni boshlab yubordi, deb xabar berdi Daryo.

Brendon to‘qqiz yoshga to‘lganida bo‘yi tez o‘sa boshlagan. 13 yoshga kirganida bo‘yining balandligi 183 santimetrga teng bo‘lgan. 2017 yilda esa 211 santimetrga qadar o‘sgan bo‘lsa, 16 yoshida 224 santimetrga yetgan. Mutaxassislarning fikricha, u yana o‘sishni davom etadi.

Brendon milliy ligadagi basketbol jamoasida o‘ynagan, shundan so‘ng u Uels milliy basketbol jamoasiga qabul qilindi. Kuni kecha esa u bir oydan keyin bo‘lib o‘tadigan dastlabki professional uchrashuvi oldidan mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.

Brendon bo‘yining balandligi sabab o‘ziga mos ust-bosh, ayniqsa, oyoq kiyim topishda qiynaladi (oyog‘ining o‘lchami 52 ga teng). Bundan tashqari u suhbatlarga kirishuvchan emas va odamlar e’tiborini o‘ziga qaratishni yoqtirmaydi.

Ginnes rekordlar kitobida qayd etilishicha, dunyodagi eng baland bo‘yli o‘smir amerikalik Brok Braun hisoblanadi, uning bo‘yi 234 santimetrga teng.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bo‘yi 234 santimetrga yetgan britaniyalik o‘smir basketbol bilan shug‘ullana boshladi