Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi shifoxonalardan birida oyog‘i kesib tashlangan bemorga yostiq o‘rniga uning kesilgan oyog‘i berildi. Ushbu holat videosi tvitterda joylashtirildi. Videoda oyog‘i tizzasi pastidan kesilgan erkak kushetkada tomizg‘ich (kapelnitsa) ostida yotganini, uning kesib tashlangan oyog‘i esa boshi ostiga qo‘yilganini ko‘rish mumkin.
NDTV telekanalining ma’lum qilishicha, ushbu voqea Jxansi shahridagi davlat tibbiyot kolleji qoshidagi shifoxonada yuz bergan. Shifoxonada ushbu holat yuzasidan tekshiruv boshlangan va u o‘tkazilishi vaqtida voqeaga aloqador 2 shifokor vaqtinchalik chetlatilgan. Maxsus komissiya aynan kim bemor boshiga ostiga uning oyog‘ini qo‘yganini aniqlashi kerak. Agar shifokorlar aybdor bo‘lsalar, ularga nisbatan jiddiy choralar ko‘riladi.
Shu bilan birga bemorning yaqinlari va shifokorlar versiyalari farq qilmoqda. Shifokorlarning aytishicha, yo‘l-transport hodisasida jabrlangan Gxanshyam ismli erkakka shifoxonada shoshilinch yordam ko‘rsatilgan. Shundan keyin shifokor bemor boshi ostiga qo‘yishga narsa qidira boshlagan va bemorning yaqinlaridan biri uning kesilgan oyog‘ini qo‘llashga qaror qilgan. Bemor yaqinlarining aytishicha esa, oyoqni erkak boshi ostiga shifokorlar qo‘yishgan va uni yostiq bilan almashtirishdan bosh tortishgan. Natijada bemorning yaqinlari bozordan yostiq sotib olishgan.
Erkakning oyog‘i yo‘l transport hodisasi oqibatida uzilib ketgani yoki shifokorlar uni olib tashlashga majbur bo‘lganlari borasida ham aniqlik kiritilmagan.
200 mlndan ko‘proq odam yashaydigan Uttar-Pradesh Hindistonning eng nochor shtatlaridan biri hisoblanali. Ta’kidlanishicha, bu yerda shifoxonada kichik davolanishni ham ancha uzoq kutishga to‘g‘ri keladi, tibbiy mas’uliyatsizlik esa keng tarqalgan hodisadir.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi