
Qozog‘istonliklar Tojikistonda va tojikistonliklar Qozog‘istonda endi ro‘yxatdan o‘tmagan holda 30 kun bo‘la oladilar, deb yozadi Kun nashri.
“Endi fuqarolarimiz tomonlar hududlariga safarlarda ro‘yxatdan o‘tmagan holda 30 kun, ro‘yxatdan o‘tgan holda esa 90 kun bo‘la oladilar”, deb aytdi Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan Ostonadagi qo‘shma matbuot anjumanda.
Shuningdek, ikki davlat hukumatlari Qozog‘iston va Tojikiston hududlariga kirish yoki u yerda bo‘lish shartlarini buzgan shaxslarni aniqlash va vatanlariga qaytarish – readmissiya haqidagi kelishuvni imzolashdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar