5 500
Erkak mashinasini qo‘yishga xalaqit qilayotgan “Jiguli”ning bir qismini kesib tashladi (video)
Internetda bir erkak ko‘p qavatli uylar hovlisida turgan o‘zganing “Jiguli” mashinasining orqa qismini “bolgarka”da kesib tashlayotgani videosi jadal tarqalmoqda.
Videoda boshqa bir erkak mashinasining shikastlangan bamperini telefonga olayotgani va sal narida boshqa bir haydovchi “bolgarka” bilan noto‘g‘ri qo‘yilgan “Jiguli” yoniga borib, uning xalaqit qilayotgan qismini kesib tashlayotganini ko‘rish mumkin.
Jarayonni telefonga olayotgan erkak mashinani kesib tashlayotgan erkakdan u nima uchun bunday qilayotganini so‘raganda, “U har doim mashinasini shunday qo‘yadi. Men mashinamni boshqachasiga qanday qo‘ya olaman?”, deb javob qiladi.
Erkak mashinaning xalaqit qilayotgan qismini kesib tashlagach, mashinasini o‘ziga tegishli joyga muammosiz qo‘ya oladi.
Ushbu rolik Facebook foydalanuvchilari orasida jadal tarqaldi. Videoga berilgan izohlarda ko‘pchilik ushbu video sahnalashtirilgan, degan fikr bildirishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi