Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari 15 mart kuni biror bir kun tartibini nazarda tutmaydigan amaliy (maslahat) uchrashuvda ishtirok etishadi.
Uchrashuv Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Ostonadagi qarorgohida o‘tadi. Avvalroq bu haqda Nazarboyevning matbuot kotibi Aydo‘s Ukibay uchrashuvda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston yetakchilari ishtirok etishlarini ma’lum qilgandi. Uchrashuvda faqatgina Turkmaniston prezidenti bo‘lmaydi, uning o‘rniga uchrashuvda Turkmaniston majlisi vakili Akja Nurberdiva ishtirok etadi.
Uchrashuv arafasida Qozog‘istonning Tojikistondagi elchisi Nurlan Seytimov jurnalistlarga bu uchrashuv “katta hodisa” bo‘lishini aytgan.
“Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari bunday formatda qat’iy kun tartibisiz, erkin tarzda ular zarur deb hisoblagan barcha, jumladan mintaqaviy kun tartibi, ikki tomonlama va kengroq ko‘lamdagi masalalarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar”, deb aytgan Seytimov.
Uning aytishicha, bunday formatdagi uchrashuv qo‘shma hujjatlar qabul qilinishini ko‘zda tutmaydi.
Bunday norasmiy uchrashuv o‘tkazish g‘oyasini ilk bor O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bildirgan. Shavkat Mirziyoyev 2017 yil sentyabrda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida Markaziy Osiyoda siyosiy ishonch darajasi ancha oshgani, ko‘plab masalalar bo‘yicha prinsipial muhim yechimlar topishga muvaffaq bo‘linganini aytgan.
“Qisqa vaqt ichida mintaqada mutlaq yangi siyosiy muhitni yaratishga muvaffaq bo‘lindi. O‘ylaymanki, Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining muntazam konsultativ uchrashuvlarini o‘tkazish bu tendensiyaning mustahkamlanishiga ko‘mak beradi”, deb aytgan o‘shanda Shavkat Mirziyoyev.
Keyinroq Samarqandda o‘tgan, Markaziy Osiyo muammolariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevning tashabbusini qo‘llab-quvvatlaganini va bu uchrashuvni Ostonada o‘tkazishni taklif qilganini ma’lum qilgan.
Uchrashuvni o‘tkazish sanasi bejiz tanlanmagan. Qozog‘iston tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo davlatlari uchun umumiy hisoblangan va martda o‘tkaziladigan Navro‘z bayrami uzoq yillar davomida bunday uchrashuvni ilk bor o‘tkazish uchun ramziy fon bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin