Razolat o‘z nomi bilan razolat-da, chegara-sarhad bilmaydi, tan olmaydi. U bor joyda shunday hodisalar sodir bo‘ladiki, shaytonning ham aqliga kelmaydi. Aziza momo Istanbulda istiqomat qiladi. Yoshi 56 da. Z. (35 yosh) ismli qizi bor. Istanbul Polislari hujjatlarida yoritilishicha, “Ona” laqabli Aziza ona to‘rt kishilik jinoiy to‘daga boshchilik qilgan. Bular: Farhod 24 yosh, Tolib 23 yosh, Borish 21 yosh va o‘zining qizi Z. 35 yoshda.
Ularning jinoyatlari doim bir xil ssenariy asosida amalga oshirilgan. Z. xotin-qizlar qo‘mitasida maslahatchi bo‘lib ishlaydi. Yoniga keladigan ayollar bilan hamisha dildan suhbatlashib, darrov dugona bo‘lib ketadi. Sekin-asta ulardan sezdirmay gap oladi. Uy manzili, topish-tutishi, iloji bo‘lsa, moliyaviy holati…
Ishonchi komil bo‘lgach, ayollarni allaqanday bahona bilan yonida ushlab turadi-da, onasiga SMS xabar jo‘natadi. “Falon manzilda, falonchining uyi. Ishga kirishishingiz mumkin”.
Shundan so‘ng, Aziza ona Farhod, Tolib va Borishlarni “ish”ga jo‘natadi.
Ularning Beyog‘ludagi xatti-harakatlaridan shubhalangan politsiya xizmati yashirin kuzatishni boshladi va ko‘p o‘tmay urg‘ochi shaytonni malaylari bilan birga qo‘lga oldi. Surishtiruv-tintuv ishlari payti Aziza onaning uyidan ikkita to‘pponcha, eshik qulf va zulflarini ochishda asqotadigan har xil kalitlar, maxsus bolg‘achalar va yana bir qancha buyumlar topilgan. Jinoiy to‘da asosan pul, zeb-ziynat va elektron buyumlar o‘g‘irlash bilan shug‘ullanishgan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin