
Gvatemaladagi qadimiy Mayya qabilasi shaharchasida izlanishlar olib borgan arxeolog olimlar haqiqatan shu kunga qadar hech kimga ma’lum bo‘lmagan ma’lumot topishdi.
Ma’lumot shaharchadan topilgan jonivorlar qoldiqlarini laboratoriya sharoitida o‘rganib chiqish natijasida paydo bo‘ldi. Ya’ni, mayya qabilasidagilar asosan it oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan ekan. Ular itlarni ko‘paytirib, undan keyin xonaga qamagan holda ham hayvon, ham odam go‘shti bilan boqishgan. Semirgan it esa diniy marosimlar o‘tkazish niyatida bo‘lganlarga sotilgan.
Ajablanarlisi, Seybal deb atalgan qadimiy bu shaharchaga itlar o‘zga mamlakatlardan ham olib kelingan. Shubhasiz, o‘zga davlatdan jajji kuchuklar olib kelinib, boqilgan. Semirgan itni sotib olganlar esa o‘z xudolari uchun ularni qurbonlik qilishgan.
Qadimiy Seybal shaharchasiga mayya qabilasi ilk bor eramizdan avvalgi 1000- yilda kirib kelgan. Ular shaharchada 300- yilga qadar yashab, noma’lum sabablarga ko‘ra ketib qolishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar