
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbarining qarindoshi «Gazprom» boshqaruvi tarkibiga kirishi mumkinligi haqidagi axborotga izoh berdi, deb yozadi «Daryo».
«Bilishimcha, u haqiqatan ham prezidentning uzoq qarindoshi. Ularning qandaydir aloqasidan xabarim bor. Ya’ni aslida ular muloqot qilmaydi, ammo qandaydir qarindoshlik aloqasi haqiqatan ham bor», — dedi Kreml vakili.
Avvalroq qator OAVlarda energetika korporatsiyasi direktorlar kengashi kompaniya boshqaruvi tarkibiga Mixail Putinni kiritish masalasini ko‘rib chiqishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. U moddiy-texnik ta’minot sohasi bilan shug‘ullanishi taxmin etilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar