07:02 / 29.03.2018
6 074

Yetib keldik: AQSh Oyni o‘zining mulki deb e’lon qildi

Yetib keldik: AQSh Oyni o‘zining mulki deb e’lon qildi
Oq uy ma’muriyati huzuridagi ijroiya idorasi AQSh Yerning tabiiy yo‘ldoshi – Oy sirtiga egalik qilish va undan istalgan maqsadda foydalanishga huquqqa egaligi aytilgan hujjatni e’lon qildi. Bunga esa 1967 yildagi Koinot haqidagi kelishuvdan tashqari yana bir sabab keltirilgan: Oyga istalgan missiyalar va parvozlar uning sirtida qoldirilgan ilmiy qurilmalarga ziyon yetkazishi mumkin. Amerikalik amaldorlarning fikricha, bu sabab istalgan davlat Oyga uchishdan oldin AQShdan ruxsat olishi kerakligiga yetarlicha asos hisoblanadi.

Biroq AQShning bunday bayonotlari boshqa hujjat – BMT tomonidan qabul qilingan 1979 yildagi Oy va boshqa samo jismlaridan foydalanish haqidagi kelishuvga zid keladi. Biroq AQSh bu hujjatni imzolamagan. Shunga qaramay, AQSh bir tomonlama ravishda Oyni “o‘ziniki” ham qila olmaydi: BMT a’zosi sifatida AQShga boshqa istalgan davlat kabi Oy hududini bosib olish maqsadida kuch ishlatish yoki istalgan boshqa yovuz harakatlar yoki yozuv harakatlarni amalga oshirish tahdidi taqiqlanadi. Shuningdek, Oydan yovuz harakatlarni amalga oshirish uchun foydalanish yoki bunday tahdidlarni Yer, Oy, koinot kemalari, koinot kemalari personali yoki sun’iy koinot ob’ektlariga nisbatan qo‘llash taqiqlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yetib keldik: AQSh Oyni o‘zining mulki deb e’lon qildi