09:08 / 01.04.2018
3 791

Shvetsiya o‘rmonlaridagi eng “yovvoyi” mehmonxona (foto)

Shvetsiya o‘rmonlaridagi eng “yovvoyi” mehmonxona (foto)
Shvetsiyadagi bu qo‘pol yerto‘la va kulbalarga o‘tgan asrlarda daraxt kesuvchilar yashagandek bir necha kun yashash taklif qilinmoqda. Bu yerda zamonaviy hayotning birorta unsurini uchratmaymiz – na suv tarmog‘i, na isitish tarmog‘i, na elektr energiya bor. Mox bosgan xonalar esa ta’tildan hech narsa bilan tenglasha olmaydigan taassurotlar olishni va’da qiladi! Ajoyib!

Kolarbyn Ecolodge mehmonxonasi 12 ta ov uychasidan iborat bo‘lib, har bir uycha gulxan bilan isitiladi va uxlash uchun issiq qo‘y terilari bilan jihozlangan. Bu stressdan forig‘ bo‘lish va zamonaviy hayotning “ashaddiy” kechishidan ma’lum vaqtga chalg‘ishning ajoyib variantidir.

“O‘rmonda bir necha kun tinchlantiruvchi kunlarni o‘tkazing. Kechasi gulxan oldida o‘tiring. Turli davlatlardan kelgan odamlar bilan tanishing. Albatta, los va qunduz ekskursiyalariga borib ko‘ring. Siz ko‘proq yovvoyi taassurotlarga munosibsiz”. Tan oling, bu chorlov e’tiborni tortmasdan qo‘ymaydi.

Foto: So Bad So Good

“Kolarbyn’dagi ta’til vaqtida omon qolish uchun Timsoh Dandi yoki Rey Mirs bo‘lish shartmas. Sizga biror yordam kerak bo‘lsa, biz sizga har bir qadamda yordam va maslahat berishga tayyormiz”, deb aytmoqdalar kulbalar egalari.

Foto: So Bad So Good

“Qorningiz ochdimi, unda yegulik ortidan ov qilishga yoki uni terishga to‘g‘ri keladi, deb tashvishlanmang. Sizni mazali yeguliklar kutayotgan qulay ombor mavjud!”

Foto: So Bad So Good


Foto: So Bad So Good

Bunday kulbada tunni o‘tkazish 60 yevro turadi. Siz ham bunday sharoitlarda yashagan bo‘larmidingiz?!

Foto: So Bad So Good


Foto: So Bad So Good


Foto: So Bad So Good


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shvetsiya o‘rmonlaridagi eng “yovvoyi” mehmonxona (foto)