Xitoylik tadbirkor, ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya asoschisi Chen Shen 5 yil avval Guandun viloyatidagi o‘z ona qishlog‘i aholisiga hashamatli uylar qurib berishga qaror qilgandi. Magnatning bu sovg‘asidan qishloqdoshlari “boshlari ko‘kka yetish” o‘rniga, noshukurchilik qildilar. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Magnat Guanxu qishlog‘ida har biri 280 kvadrat metr keladigan 258 ta uy qurdirdi. Har bir uyda garaj va kichik bog‘ mavjud. Bundan tashqari, tadbirkor qishloqda basketbol maydonchalari, badminton kortlari, opera sahnasi, yangi ko‘prik bunyod ettirdi va bunga 32 mln dollar sarfladi.
Foto: South China Morning Post
Millioner mahalliy OAVga bergan intervyusida qishloqda cho‘chqa fermasi qurdirib, 100dan ko‘proq ish o‘rni yaratishga va’da bergan. “Qishloq aholisining o‘rtacha daromadi yiliga 200 ming yuanni tashkil qiladi, shu sababli ularga o‘z kelajaklari va farzandlari ta’lim olishi haqida qayg‘urishlariga to‘g‘ri kelmaydi”, deb aytgan biznesmen. Biroq, qurilish o‘tgan yil oxirida yakunlangan bo‘lishiga qaramasdan, uylar qishloq ahlining ochko‘zligi sababli huvillab yotibdi. Gap shundaki, magnat qurilishni 2013 yildagi aholi soni haqidagi ma’lumotlarga asoslanib olib borgan. O‘shanda qishloqda 190 ta xo‘jalik bo‘lgan.
Foto: South China Morning Post
Tadbirkor shunga qaramay, qo‘shimcha 68 ta uy qurdirgan. Biroq aniqlanishicha, bu ham odamlarga yetmagan. Odamlar ko‘proq uylar talab qila boshlashgan. Ba’zilar esa ularning oilalari kattalashayotgani sababli, ularga bitta uy kamlik qilishini aytishgan.
Qishloq ahlining bunday munosabati tadbirkorni ranjitgan. Mana 2 yildirki, u ona qishlog‘iga oyoq bosmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi