13:22 / 01.04.2018
5 162

“Tolibon” IShIDga urush e’lon qildi

“Толибон” ИШИДга уруш эълон қилди
Afg‘onistonning “Tolibon” harakati IShID terrorchilik guruhiga urush e’lon qildi. Bu haqda afg‘on ommaviy axborot vositalariga iqtibos keltirgan holda Kun.uz ma’lum qiladi.

“Tolibon” bayonotida aytilishicha, IShID “bu zamonaviy xarijitlar (murtadlar), beshafqat imonsizlar va yollanma jangarilar guruhi bo‘lib, adovat va nifoq soladi, Afg‘oniston sunniylari, shialari va ismoiliylarini bir-biriga gij-gijlab birdamligini barbod qilishga intiladi, imomlarni o‘ldiradi va muqaddas Islom dinini dunyo oldida obro‘sizlantiradi”.

Bayonotda ta’kidlanishicha, urush e’lon qilishga IShID jangarilari tomonidan Jauzjon viloyatidagi Darzob uyezdining bosib olinishi sabab bo‘ldi. Bu yerda xarijitlar guruhi og‘ir jinoyatlar sodir etib, 20 nafar asirga tushgan mujohidni o‘ldirib o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga uringan.

Xabarda ta’kidlanishicha, “Tolibon” barcha tarafdorlarini “bundan-buyog‘iga Afg‘onistonning barcha joyida IShIDni qilgan ishiga yarasha jazolash va mujohidlar uchun o‘ch olishga chaqirgan”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tolibon” IShIDga urush e’lon qildi