Rossiyaning Kemerovo viloyati gubernatori Aman Tuleyev o‘z xohishiga ko‘ra muddatdan avval lavozimini tark etishga qaror qildi.
“Kemerovo viloyati gubernatori Aman Tuleyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga ketish arizasi bilan murojaat qildi”, deb ma’lum qilgan viloyat ma’muriyati matbuot xizmati.
Shu munosabat bilan Tuleyev videomurojaat bilan chiqdi. U videomurojaatida qo‘lidan kelgan ishni qilganini aytgan va “Zimnyaya vishnya” savdo markazidagi fojia munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirgan.
Kemerovoda 25 mart kuni “Zimnyaya vishnya”da yuz bergan yong‘in oqibatida 64 odam halok bo‘ldi.
"Qadrdon yurtdoshlar. Barchamiz Kemerovoda 25 mart kuni yuz bergan dahshatli fojiadan qayg‘udamiz. Biz yong‘inda 64 kishini yo‘qotdik va ulardan ko‘pchiligi bolalar. Bizning bolalar. Har birimiz barcha shu hodisalarni o‘z yuragimizdan o‘tkazdik, bu dahshat, bu fojia og‘rig‘ini. Biz bilan birga butun Rossiya, butun dunyo qayg‘urmoqda. Hurmatli kuzbassliklar, men qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Qurbonlar oilalari bilan uchrashdim, yordam berish masalalarini hal qilishga harakat qildim. Yana bir bor chuqur hamdardligimni bildiraman. Biroq shunga qaramay yashashda davom etish kerak. Yo‘qotganlarimizning xotirasini yodda tutish uchun yashash kerak”, deb aytgan Tuleyev.
73 yoshli Tuleyev Kemerovo viloyatini 1997 yildan beri boshqarib keladi, 4 marta viloyat rahbari etib qayta saylangan. Uning navbatdagi gubernatorlik muddati 2020 yilda yakunlanishi kerak edi.
Kemerovo viloyati nizomiga ko‘ra, viloyat rahbari vazifalarini endi gubernatorning birinchi o‘rinbosari bajaradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi