00:07 / 02.04.2018
3 429

Kemerovodagi yong‘inda o‘nlab kishilarni qutqargan tojikistonlikka medal berildi

Kemerovodagi yong‘inda o‘nlab kishilarni qutqargan tojikistonlikka medal berildi
Rossiya tergov qo‘mitasi o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, Kemerovodagi "Zimnyaya vishnya" savdo markazidagi yong‘inda o‘nlab kishilarni qutqargan Tojikiston fuqarosi Farzon Salimovni mukofotladi.

RF Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastirkin 31 mart kuni Farzon Salimov va yana uch qutqaruvchini medal bilan taqdirladi. Bastirkin bu medallar — jasorat uchun ekani va ular haqiqiy matonat ko‘rsatgan kishilargagina berilishini ta’kidladi.

Farzon Salimovning so‘zlariga ko‘ra, mukofot uning uchun kutilmagan bo‘lgan. U odamlarni nom chiqarish uchun emas, shunchaki insoniy burch sifatida qutqarganini aytgan. Farzonning aytishicha, halokatli kunda odamlarni qutqarishda boshqa tojiklar ham ishtirok etgan.

Tergov qo‘mitasi saytida ma’lum qilinishicha, "Poyabzal do‘konida Farzon Salimov o‘z xavfsizligi haqida o‘ylab ham o‘tirmay, yonayotgan binodan odamlarni olib chiqib, ularga yordam ko‘rsatgan".

Umuman olganda, olov qa’rida qolgan odamlarni qutqarishda Tojikistonning 5 nafar fuqarosi - "Zimnyaya vishnya" savdo markazining ikkinchi qavatidagi do‘konlar ishchilari ishtirok etishgan. Ular o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, 50 dan ziyod kishini qutqarib qolishgan.

Farzon Salimov 2003 yildan buyon Rossiyada yashaydi. Shu yerda oliy ta’lim muassasasini tugallagan, fuqarolik olgan. Hozirda oila a’zolari bilan birga Kemerovoda istiqomat qiladi, uning uch nafar farzandi bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kemerovodagi yong‘inda o‘nlab kishilarni qutqargan tojikistonlikka medal berildi