Jabrdiydalardan birining qarindoshi huquq-tartibot idoralari xodimlariga minnatdorlik bildirmoqda.
Rossiya poytaxtida to‘rt kishidan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi. Ular o‘zbek muhojirlarini olib qochib, garov evaziga qo‘yib yuborgan, deb xabar beradi «Daryo».
Jinoyatchilarning uch nafari o‘zbek, bir nafari tojik. Ular shu paytgacha uch kishini olib qochgan. Jabrdiydalardan biri ayol kishidir.
Aytilishicha, 24 mart kuni huquq-tartibot idoralariga 30 yoshli Zohirjon murojaat etib, ikki kun muqaddam 33 yoshli rafiqasi Gulilola g‘oyib bo‘lganini aytgan. Dastlab undan 50 ming rubl talab qilishgan, 23 mart kuni esa talabni 15 ming rublga tushirishgan. Shu kunning o‘zida boshqa jabrdiydalarning qarindoshlari ham politsiya idorasiga yetib kelgan.
Tezkor xodimlar sa’y-harakatlari bilan gumondorlar — 24 yoshli Sardor Abdurahmon o‘g‘li, 20 yoshli Olloyor Oybek o‘g‘li, 26 yoshli Davron To‘xtamurod o‘g‘li hamda 22 yoshli tojik yigiti Mirzobobur ushlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?