23:29 / 02.04.2018
6 029

Farzandini 10 yil zanjirband saqlagan ona: Boshqa yo‘lim yo‘q edi...

Farzandini 10 yil zanjirband saqlagan ona: Boshqa yo‘lim yo‘q edi...
Xitoylik 41 yoshli Van Chjisyan 10 yildan ortiq umrini tosh hujrada devorga zanjirband qilingan qilingan holatda o‘tkazdi, deb yozadi Kun nashri.
Van Chjisyan gung tug‘ildi, biroq bolaning aqliy salohiyati joyida bo‘lgan, shuning uchun ota-onasi uni imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktab-internatga yo‘llagan.

“Bola eshitish va gapirish xususiyatidan mahrum bo‘lsa-da, aqlli edi”.
Ding Yanfeng, mahalliy partiya kotibi

Internatdagi hayot Van Chjisyan uchun oson kechmadi. U shikastlanib, kuchli qo‘rqishni boshdan o‘tkazdi. Shu fonda bolaning psixikasida buzilishlar kuzatildi, uning oila a’zolari esa kerakli davolash muolajalari bilan ta’minlash uchun haddan tashqari nochor edilar.

“U boshqa maktabga bora olmasdi, uyda ham ahvol tobora yomonlashib borardi. Oxir-oqibat u mahalliy aholiga hujum qila boshladi”.
Yue Jun, onasi

Oila boshlig‘i hayotdan ko‘z yumganida Vanning onasi o‘g‘lini nazorat qilish juda qiyinlashgani, o‘g‘lini tosh hujraga zanjirband qilishdan boshqa yo‘l qolmaganini aytdi.

Foto: TheWorldNews.net
“Uni qulflab, zanjirband qilishdan boshqa yo‘lim qolmagan edi. Bunga ham 10 yildan oshdi”.
Yue Jun, onasi

Vanning opasi, 50 yoshli Van Shufen o‘z hissiyotlarini jilovlay olmay, har safar ukasini zanjirlangan, nochor ahvolda ko‘rganida xo‘ngrab yig‘laydi.

Foto: TheWorldNews.net
“Shunday afsusdamanki... Uning o‘rniga men zanjirband bo‘lganim yaxshi edi”.
Van Shufen, opasi

Partiya kotibining ma’lum qilishicha, mahalliy hukumat organlari Vanning oila a’zolariga oylik nafaqa to‘laydi, biroq pullar davolash muolajalariga yetmaydi. U bu ma’lumotning tarqalishi jamoatchilik e’tiborini jalb qilishiga va ular 41 yoshli Vanni psixiatrik shifoxonaga yotqizish uchun zarur summani yig‘ishga umid qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Farzandini 10 yil zanjirband saqlagan ona: Boshqa yo‘lim yo‘q edi...