date

Turkiya sudi Fathulloh Gulenni hibsga olish uchun order berdi

Turkiya sudi Fathulloh Gulenni hibsga olish uchun order berdi

Istanbul sudi Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning yorqin raqibi, diniy arbob Fathulloh Gulenni hibsga olish uchun order berdi.

BBC News’ning xabar berishicha, AQShda quvg‘inlikda istiqomat qilayotgan Gulen terrorchilik tashkilotiga a’zolikda ayblanmoqda.

Qayd etish joiz, o‘z vaqtida Gulen va Erdo‘g‘an hamfikr bo‘lgan, biroq vaqt o‘tishi bilan ularning qarashlari kelishmay qolgan.

Hozirgi vaqtda Erdo‘g‘an Gulenni Turkiyada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishda ayblamoqda.

14 dekabr, yakshanba kuni Turkiya polisiyasi Gulenga tarafdorlikda gumon qilinadigan Samayolu TV telekompaniyasi va Zaman gazetasi idorasida tintuvlar o‘tkazgan edi.

Hozirgi vaqtga kelib sud gaeta bosh muharririni hibsdan ozod etdi, biroq telekanal rahbari hamon qamoqda qolmoqda.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya sudi Fathulloh Gulenni hibsga olish uchun order berdi