Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev 2010 yilning 7 aprelidagi Aprel xalq inqilobining sakkiz yilligi munosabati bilan qirg‘izistonliklarga murojaat qildi.
"Biz ozodlik va adolat uchun o‘z hayotini tikkan qahramonlar nomini doim yodda tutamiz. Bugun yana ularni xotirlaymiz. O‘sha kuni 87 nafar qirg‘izistonlik halok bo‘lgan. Yuzlab kishilar jarohat olishgan, ularning 45 nafari sog‘lig‘ini tiklay olmay, o‘tgan 8 yil ichida hayotdan ko‘z yumdi. Xalq hech qachon ikki sulolaviy rejimning qonli kurashini yoddan chiqarmaydi. Shu bois Qirg‘iziston hukumati doim asrlar osha sinalgan donishmandlikka rioya qilishi lozim: adolatli hukmdorning qarindosh-urug‘i bo‘lmaydi, faqat o‘z naslini sevuvchi hukmdorning esa - g‘urur va vijdoni!", - deyiladi xabarda.
"2002 yilning 17 martidagi Oqsoy voqealari, 2005 yilning 24 martidagi va 2010 yilning 7 aprelidagi hodisalar - bu xalqimizning ozodlik va adolat uchun kurashi tarixini o‘zaro bog‘lagan hodisalar".
"2002 yilning 17 martidagi Oqsoy voqealari, 2005 yilning 24 martidagi va 2010 yilning 7 aprelidagi hodisalar - bu xalqimizning ozodlik va adolat uchun kurashi tarixini o‘zaro bog‘lagan hodisalar".
Almazbek Atamboyev
"Bu bir og‘ir yo‘lning uch dovonidir. Ushbu sanalarning har biri juda muhim ahamiyatga ega. Biroq xalq 7 apreldagina hal qiluvchi g‘alabaga erishdi. Shuning uchun 7 aprel — xalq bayrami", - deyiladi murojaatda.
Almazbek Atamboyev Qirg‘iziston xalqi 2010 yilning 7 aprelida mamlakatning qayta tug‘ilishiga, ozodlik va adolatparvarlikka yo‘l ochib bergan oddiy odamlar va halok bo‘lgan qahramonlarni doim yodda tutishini ta’kidlab, qirg‘izistonliklarni tabrikladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi