18:43 / 07.04.2018
3 602

Yuragi 18 soatga to‘xtab qolgan fransiyalik qayta tirildi

Yuragi 18 soatga to‘xtab qolgan fransiyalik qayta tirildi
G‘aroyib hodisa haqida «France Info» radiosi xabar tarqatdi. Aslida uch hafta burun yuz bergan bu voqeadan OAV faqat bugun xabar topgan.

Akasini ko‘rib kelish uchun yo‘lga tushgan uka manzilga yetib bormaydi. Qidirishga tushgan oila a’zolari uni Fransiya janubidagi Orb darayosi sohilidan topadi. Ammo u behush edi, yuragi urmayotgan, tana harorati esa 22 darajada tushib ketgan bo‘lgan.

Erkakni zudlik bilan Beze shahridagi shifoxonaga yetkazishadi. Yurak massajidan so‘ng 53 yoshli bemor tirilgan. 18 soatga to‘xtab qolgan yurak yana ura boshlagan.

Tez tibbiy yordam shifokorlarining qayd etishicha, bemorning hayotga qaytishiga gipotermiya – tana haroratining past darajada bo‘lgani yordam bergan. Chunki, gipotermiya organizm faoliyatini susaytirib, kasallik asoratlarini oldini oladi.

Xabarda yuragi 18 soatga to‘xtab qolib, keyin tirilgan fransiyalik haqida boshqa ma’lumotlar keltirilmagan.

Мanba: uza

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yuragi 18 soatga to‘xtab qolgan fransiyalik qayta tirildi