date
views 4 832

Rostovda mashina yo‘lda yuzaga kelgan chuqurlikka tushib ketdi (video)

Rostovda mashina yo‘lda yuzaga kelgan chuqurlikka tushib ketdi (video)
7 aprelda Rostov-Donda temirbeton kollektor o‘pirilishi oqibatida yuzaga kelgan chuqurlikka yo‘l chetida turgan avtomobil tushib ketdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea kunduzi yuz bergan. Mashinani o‘radan chiqarib olish va o‘pirilgan yo‘lni ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Voqea guvohlari va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ushbu holat yuzasidan kinoyali fikrlar bildirmasdan qolmadilar. “Ilon Mask koinotga mashinalar uchirmoqda, biz esa yerga”, deb kinoya qilgan bir foydalanuvchi.

Yana bir foydalanuvchi Rostov sizot suvlari ustida qurilgani va bu yerda asfaltning o‘pirilishi kamyob holat emasligini eslatib qo‘ygan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rostovda mashina yo‘lda yuzaga kelgan chuqurlikka tushib ketdi (video)