date
views 5 724

Aqto‘beda Qirg‘iziston raqamidagi avtobus o‘qqa tutildi

Aqto‘beda Qirg‘iziston raqamidagi avtobus o‘qqa tutildi
Qirg‘iziston raqamiga ega bo‘lgan avtobus Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati hududida hujumga uchradi, avtobus haydovchisiga o‘q uzilgan. Bu haqda Qozog‘iston TIV rasmiysi Ayimkan Kulukeyeva Facebook sahifasida ma’lum qildi deb yozadi Kun nashri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Qirg‘izistonning Qozog‘istondagi elchixonasi hodisa tafsilotlarini aniqlashtirmoqda. Xuddi shu vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda o‘qqa tutilgan mikroavtobus bo‘yicha video tarqalgan. Kulukeyevning yozishicha, ushbu hodisa 5 apreldan 6 aprelga o‘tar kechasi Aqto‘bedagi trassada ro‘y bergan.

Aqto‘be oblasti Ichki ishlar departamentida bu hodisa tasdiqlangan. Ushbu hodisa talonchilik hujumi sifatida qaralmoqda, ayni vaqtda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aqto‘beda Qirg‘iziston raqamidagi avtobus o‘qqa tutildi