
General Motors ishchilari kompaniya rahbariyatining xonasiga hujum uyushtirdi. Bu voqeani xonadagi kamera yozib oldi va video tez orada tarqalib ketdi.
Kasaba uyushmasi a’zolari shu yo‘l bilan kompaniya siyosatidan noroziligini bildirdi.
Videoda darg‘azab erkaklar kabinetga bostirib kirib mebellarni sindira boshlagani va xona jihozlarini polga uloqtirgani ko‘rinadi.
Eslatib o‘tamiz: bu voqea Janubiy Koreyadagi GM ofisida sodir bo‘ldi.
Mamlakatda GM zavodlaridan biri yopilishi ma’lum qilingan va besh ming xodim ish o‘rni qisqarishi ayon bo‘lgan. Bundan norozi bo‘lgan ishchilar o‘zlarining qonuniy mukofot pullarini to‘lashni talab qilmoqda, ammo to‘lashga kompaniyaning mablag‘i yo‘q.
GM rahbariyati ofisga yetkazilgan zarar yuzasidan politsiyaga murojaat qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar