
Fojia Pokistonning Sind viloyatiga qarashli Larkana shahrida sodir bo‘ldi. «Sindxu» taxallusi bilan mashhur 24 yoshli xonanda qiz Samini Samun homilador bo‘lishiga qaramay, to‘y kechasida qo‘shiq kuylayotgandi. Mehmon erkaklardan biri qo‘shiq aytishni to‘xtatib u bilan birga raqs tushishni talab qildi. Xonanda bu talabni bajarishdan bosh tortdi. Shunda erkak o‘sha yerning o‘zida hofizani otib tashladi.
Politsiyachilar qotilni qo‘lga olishgan. Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar