1 km balandlikdan sakrash chog‘ida parashyuti ochilmay qolgan rossiyalik tirik qoldi

1 km balandlikdan sakrash chog‘ida parashyuti ochilmay qolgan rossiyalik tirik qoldi
Yakutiya (Rossiya)da «Avialesoxrana» korxonasi tomonidan o‘tkazilgan parashyutdan sakrash mashg‘ulotlari chog‘ida xodimlardan birining parashyuti ochilmay qoldi, deb yozadi «Daryo». Shunga qaramay, u mo‘’jizaviy tarzda omon qoldi.

Hodisa 11 aprel kuni yuz bergan. «Avialesoxrana» xodimlari bir kilometr balandlikdan sakrashni mashq qilgan. Xodimlardan birining parashyuti zarur balandlikda ochilmay qolgan. Oxir-oqibat, yerga qo‘nishga bir necha metr qolganidagina parashyut ochilgan.

Xayriyat, parashyutchi qor uyumi ustiga qulagan. Uni umurtqa pog‘onasi va tos suyaklarining kompression sinishi tashxisi bilan kasalxonaga yotiqizishdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar