Damashqqa AQSh, Britaniya va Fransiya tomonidan raketa zarbalari berildi (video)

Damashqqa AQSh, Britaniya va Fransiya tomonidan raketa zarbalari berildi (video)
Twitter’da AQSh, Britaniya va Fransiya tomonidan Damashqqa berilgan raketa zarbalari videosi paydo bo‘ldi. Bu haqda «Daryo» xabar qilmoqda.

Tasvirda qizil gumburlagan ovozlar va qizil chaqnashlarni ko‘rish mumkin.

Oldinroq AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaga zarba berishga buyruq bergandi. Unga Buyuk Britaniya va Fransiya ham qo‘shildi.

Reuters manbalariga ko‘ra, AQSh «Tomagavk» qanotli raketalari yordamida zarba bergan.

Hujumdan so‘ng Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham bayonot bilan chiqdi.

Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov ushbu mamlakatlarning harakati javobsiz qolmasligi haqida ogohlantirdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Damashqqa AQSh, Britaniya va Fransiya tomonidan raketa zarbalari berildi (video) – Zamin.uz, 14.04.2018