
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma’lum qilishicha, AQShning Suriya hududiga zarbalari mamlakatda gumanitar falokatni chuqurlashtiradi va qochqinlarning yangi to‘lqiniga turtki beradi.
«AQSh o‘z harakatlari bilan Suriyadagi gumanitar falokatni yanada chuqurlashtirmoqda, tinch aholining azob-uqubatini orttirmoqda, yetti yildan beri Suriya xalqini qiynab kelayotgan terrorchilarga yordam bermoqda, bu davlat va mintaqadan qochqinlarning yangi to‘lqiniga turtki bermoqda», - deya aytib o‘tdi Putin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh o‘z ittifoqchilari bilan Suriyadagi harbiy va fuqarolik ob’ektlariga BMT Xavfsizlik Kengashi sanksiyasisiz aviazarbalar berib, BMT nizomi va xalqaro huquq normalarini buzgani haqida ma’lum qilgandi.
Bundan tashqari, uning ma’lum qilishicha, Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar