00:05 / 15.04.2018
4 634

Tramp: «Ideal darajada berilgan zarba. Missiya bajarildi!»

Tramp: «Ideal darajada berilgan zarba. Missiya bajarildi!»
AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika, Britaniya va Fransiya harbiylari tomonidan Suriyaga berilgan aviazarbalar yuzasidan fikr bildirdi, deya xabar bermoqda Daryo.

«Kecha oqshom zarbalar ideal darajada berildi. Fransiya va Buyuk Britaniyaga ularning donoligi va harbiy qudrati uchun rahmat. Bor imkoniyatdan eng yaxshi natija ko‘rsatildi. Missiya bajarildi!», — deb yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.

Trampning qo‘shimcha qilishicha, u «yaqin vaqt ichida mamlakat tarixidagi eng yaxshisi aylanadigan» Amerika armiyasi bilan faxrlanadi.

14 aprelga o‘tar kechasi AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriyadagi bir necha nishonga aviazarbalar berdi; ta’kidlashlaricha, nishonga olingan ob’ektlar Suriyaning kimyoviy qurol dasturi uchun ishlardi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari 71 ta qanotli raketani urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Suriya tomon 100 dan ziyod raketa va boshqariluvchi bombalar uchirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: «Ideal darajada berilgan zarba. Missiya bajarildi!»