Xitoyning Xuanshi shahrida piyodalarni ko‘chani svetoforning qizil chirog‘iga kesib o‘tish odatini tashlashlariga chorlovchi qurilma sinovlari boshlandi, deb yozadi Kun nashri.
Shahardagi gavjum chorrahalardan biridagi piyodalar o‘tish joyida, trotuar chekkasida infraqizil datchiklari va suv purkagichlari bo‘lgan metall ustunchalar o‘rnatila boshlandi. Qurilma yo‘ldan o‘tish taqiqlangan vaqtda ko‘chani kesib o‘tishga urinuvchi odamlarga suv purkay boshlaydi.
Yangi qurilma xitoylik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida samaraliligi borasida ko‘plab savollar uyg‘otgan. “Unda yomg‘ir vaqtida qizil chiroqqa o‘tish mumkin ekanda?”, deb kinoya qilgan bir foydalanuvchi. Yana bir foydalanuvchi esa “U yerga kampirlar suv olgani borishlaridan qo‘rmaydilarmi?” deb qiziqqan.
Avvalroq Xitoyning Dachjou shahrida yo‘l harakati xavfsizligi qoidabuzarlariga internet orqali qilmishlari uchun uzr so‘rab, kamida 20 ta “layk” to‘plasalar, jarima to‘lamasliklariga ruxsat berilgandi. Ta’kidlanishicha, bu tajriba piyodalar, velosipedchilar va motorollerlar haydovchilari sodir etadigan mayda qoidabuzarliklarga taalluqli.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi