date
views 4 214

Burger King soqchisi “og‘zini yummagan” xo‘randani do‘pposladi (video)

Burger King soqchisi “og‘zini yummagan” xo‘randani do‘pposladi (video)
Moskvadagi Burger King yengil tamaddi qilish restoranlaridan birida qo‘riqchi mijozlardan biri “og‘zini yummagani” uchun uni do‘pposladi, deya xabar qilmoqda Darakchi nashri.

Jabrdiyda xo‘randa musiqani yoqib tanishlari uchun rep ayta boshlaydi. Qo‘riqchining musiqani o‘chirib, “tilingni tiy”, degan talabini ham rad etadi.

G‘azabga mingan posbon uni stoldan nariga itarib, do‘pposlay ketadi. Natijada xo‘randaning ko‘krak qafasi shikastlanib, barmoqlari sinib, shifoxonaga jo‘natiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Burger King soqchisi “og‘zini yummagan” xo‘randani do‘pposladi (video)