
Amazon kompaniyasi 2018 yil 1-choragi bo‘yicha hisobot bergandan keyin kompaniya aksiyalari narxi 7 foizga oshdi, kapitallashuvi 735 mlrd dollarga yetdi. Bunday ijobiy natijalar ortida kompaniya asoschisi, dunyoning eng boy odami Jeff Bezosning boyligi 12 mlrd dollarga ko‘payib, 134 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabariga tayanib Kun nashri ma’lum qilmoqda.
Amazon’ning 1-chorakdagi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari quyidagicha: sof savdo 2017 yilning 1-choragiga nisbatan 43 foizga ko‘payib, 51 mlrd dollarni tashkil qildi; sof daromad esa 125 foizga o‘sib, 1,63 mlrd dollarni, operatsion daromad esa 92 foizga o‘sib 1,93 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Amazon Web Services (AWS) bulut platformasining savdolari 49 foizga o‘sib, 5,4 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu yo‘nalishga kompaniyaning 11 foiz tushumi va 73 foiz operatsion daromadi to‘g‘ri keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar