Amerikalik respublikachi senator Lindsi Grem Koreya yarimorolidagi vaziyatni tartibga solishga muvaffaq bo‘linsa, unda AQSH prezidenti Donald Trampga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti berish kerak, deb hisoblamoqda.
“Donald Tramp Shimoliy Koreya, Xitoyni u o‘zgarishlar borasida jiddiy ekanligiga ko‘ndira oldi. Biz hozircha belgilangan maqsadga erisha olmadik, biroq bu yuz bersa, unda prezident Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti olishga loyiq”, deb aytgan senator.
Gremning aytishicha, Tramp Pxenyanga yoki “normal davlat” bo‘lishi zarurligini, yoki “AQSH hududiga yetib borish” maqsadida raketalar qurishni davom ettirishi oqibatlarini his qilishiga to‘g‘ri kelishini namoyish qila olgan.
“Bu Trampsiz yuz bermasdi”, deb aytgan senator.
27 aprelda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In harbiy-demarkatsion chiziqning Janubiy Koreya javobgarligidagi qismiga o‘tgan ilk shimoliy koreyalik yetakchi bo‘ldi. Shimoliy Koreya yetakchisi u yerda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan uchrashdi.
Ularning uchrashuvi natijalariga ko‘ra, Pxenyan va Seul Koreya yarimorolining to‘liq yadroviy qurolsizlantirilishiga erishish istagida ekanligi bildirilgan qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi