KXDR yetakchisi Kim Chen In koreyalararo sammitda Pxungeri yadroviy poligoni may oyida yopilishi, uni yo‘q qilish jarayoni omma oldida amalga oshirilishiga va’da berdi. Bu haqida Seul shahrida bo‘lib o‘tgan brifingda Janubiy Koreya prezidenti matbuot kotibi Yun Yon Channing so‘zlariga asoslanib, Yonhap'ga tayanib Kun nashri xabar berdi.
Kim Chen In jurnalistlar va xavfsizlik sohasi ekspertlarini KXDRga taklif qilishi, ular poligon yopilishini kuzatishlari mumkinligini aytdi. U Shimoliy Koreya poligonlaridagi ob’ektlar yaroqsiz holatga kelgani uchun yo‘q qilinishiga doir taxminlarni rad etdi.
Janubiy Koreya prezidenti vakilining so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi AQSh bilan tinchlik shartnomasi imzolangan taqdirda, KXDRning yadroviy qurolga ehtiyoji qolmasligini aytgan.
"Odamlar mening Janubiy Koreya, Tinch okeani yoki AQSh tomon yadroviy qurolni ishga soladigan odam emasligimga guvoh bo‘lishadi", - degan Kim Chen In.
"Amerikaliklar bilan ishonchli munosabatlarni yo‘lga qo‘ymoqchi ekanmiz va ular ham bizga urushni tugatishni va’da qilayotgan ekan, yadroviy qurlga ne hojat?", - qo‘shimcha qilgan u.
KXDR yetakchisi Pxenyan 1950-1953 yillardagi Koreya urushi ayanchli tarixi takrorlanmasligi tarafdori ekanini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)