
Braziliyaning San-Paolo shahrida 20 qavatli osmono‘par bino yong‘in chiqishi oqibatida qulab, vayron bo‘ldi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Mazkur voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. 20 qavatli binoning birinchi qavatida yong‘in chiqqan. Uning yonidagi bino ham yonganiga qaramay, qulamagan.
Bino qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, uch kishi bedarak yo‘qolgan. Ularning soni yanada ko‘payishi mumkin. Guvohlarning aytishicha, yong‘in vaqtida odamlar uyning tomiga chiqib, yordam so‘rab baqirishgan.
Mazkur binoda ilgari federal politsiya boshqarmasi joylashgan edi. Keyinchalik 50 ga yaqin oila yashagan. Qo‘shni binoda odamlar bo‘lganligi, yong‘in chiqish sabablari haqida ma’lumot berilmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar