Britaniyada «eng qidiriluvchi» kishi Barselonada hibsga olindi

Barselona politsiyasi Britaniyada «eng qidiriluvchi» inson deb ataluvchi 41 yoshli Jeymi Akurni qo‘lga oldi. Bu haqda «Bi-bi-si»ga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Amaliyotga Buyuk Britaniya Milliy kriminal agentligi, London politsiyasi va Ispaniya Milliy politsiyasi xodimlari tomonidan tayyorgarlik ko‘rildi. Huquqni muhofaza qilish organlarining qurollangan xodimlari erkakni Barselonadagi trenajer zali yonida juma, 4 may kuni qo‘lga olishdi, so‘ng uni qamoqqa joylashtirishdi.
Akur giyohvand moddalarni juda katta ko‘lamda yetkazib berishni tashkil etishda gumonlanmoqda. Erkakka nisbatan surishtiruv ishlari 2016 yilda boshlandi.
Ayni damda Akur Madriddagi qamoqxonada kelasi hafta o‘tkaziladigan sud majlisini kutmoqda. Unda uni ekstraditsiya qilish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Amaliyotga Buyuk Britaniya Milliy kriminal agentligi, London politsiyasi va Ispaniya Milliy politsiyasi xodimlari tomonidan tayyorgarlik ko‘rildi. Huquqni muhofaza qilish organlarining qurollangan xodimlari erkakni Barselonadagi trenajer zali yonida juma, 4 may kuni qo‘lga olishdi, so‘ng uni qamoqqa joylashtirishdi.
Akur giyohvand moddalarni juda katta ko‘lamda yetkazib berishni tashkil etishda gumonlanmoqda. Erkakka nisbatan surishtiruv ishlari 2016 yilda boshlandi.
Ayni damda Akur Madriddagi qamoqxonada kelasi hafta o‘tkaziladigan sud majlisini kutmoqda. Unda uni ekstraditsiya qilish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…