Kelinchak ketayotgan vertolyot falokatga uchradi (video)

Kelinchak ketayotgan vertolyot falokatga uchradi (video)
Braziliyaning San-Paulu shtatida kelinni o‘z to‘yiga olib ketayotgan vertolyot yerga qulab, yonib ketdi. Bu haqda Globo kanali xabariga tayanib Kun nashri xabar bermoqda.

Baxtli tasodif, kelinga hech narsa qilmagan, biroq unga hamrohlik qilgan 3 kishi jarohat olgan. Voqeaga qaramay, to‘y bekor qilinmagan, kelin bo‘lajak turmush o‘rtog‘i yoniga yer transportida eltib qo‘yilgan.

Guvohlardan birining aytishicha, vertolyot qo‘nishidan biroz oldin havoda aylanib ketib, yerga qulagan. Kelin va uchuvchi vertolyotdan chiqib, nariroqqa qochishga muvaffaq bo‘lishgan. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar vertolyotda qolgan 3 kishini chiqarib olishgach, vertolyot yonib ketgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar