12:53 / 10.05.2018
2 233

Tramp o‘zini Nobel mukofotiga loyiq deb hisoblamasligini aytdi

Tramp o‘zini Nobel mukofotiga loyiq deb hisoblamasligini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zini Nobel mukofotiga loyiq deya hisoblamaslgini aytgan. AQSh Kongressi vakillik palatasining 18 nafar a’zosi Trampga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini topshirish taklifi bilan chiqishgan. Bu haqda «Xabar.uz» nashri ma’lum qildi.

«Hamma shunday o‘ylaydi, ammo men bunday demayman. Bilasizmi, men nimani xohlayman? Hammasini tugatishni (Tramp Koreya yarimorolidagi vaziyat, yadro muammolarini nazarda tutgan). Men uchun mukofot bu faqat o‘zimiz emas, butun dunyo manfaati yo‘lida g‘alabaga erishishdir», — deya javob bergan Tramp.

Hatto Janubiy Koreya prezidenti Mu Chje In ham Trampga Nobel mukofoti berish kerakligini aytgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)