Xabaringiz bor, “Liverpul” klubi hujumchisi Muhammad Saloh dunyoning eng kuchli futbolchilari qatorida tilga olinyapti. U 2017-2018 mavsumlarda Angliyaning eng zo‘r hujumchisi deb topildi.
Gol urgan vaqtida uni odatda sajda amalini bajarish orqali nishonlaydigan futbolchi angliyalik muxlislarning yoqimtoyiga aylandi. Ular orasida hatto Saloh uchun Islom dinini qabul qilganini yozganlari ham bor.
Shuningdek, futbolchilar uzoq safarlar vaqtida qarta va shu kabi o‘yinlar o‘ynashni yaxshi ko‘rishadi. Saloh esa aksincha, yonida olib yuradigan Qur’onni mutolaa qiladi.
Bir qarashda hammasi yaxshi, hatto zo‘r desa ham bo‘ladi. Ammo hech kim uchun kutilmaganda Saloh navbatdagi tuhmat nishoniga aylandi.
Doimiy ravishda Qur’oni karim ko‘tarib yurgani uchun Misr matbuoti Muhammad Salohni ixvonchi, fundamentalist degan ayblovlar bilan qoralayapti.
Islomofobiya shu darajada orsiz-axloqsiz bo‘lib boryaptiki, "Agar uyalmasang xohlaganingni qil!", hadisi sharifi ko‘ngildan ko‘p o‘tyapti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi