Xabaringiz bor, “Liverpul” klubi hujumchisi Muhammad Saloh dunyoning eng kuchli futbolchilari qatorida tilga olinyapti. U 2017-2018 mavsumlarda Angliyaning eng zo‘r hujumchisi deb topildi.
Gol urgan vaqtida uni odatda sajda amalini bajarish orqali nishonlaydigan futbolchi angliyalik muxlislarning yoqimtoyiga aylandi. Ular orasida hatto Saloh uchun Islom dinini qabul qilganini yozganlari ham bor.
Shuningdek, futbolchilar uzoq safarlar vaqtida qarta va shu kabi o‘yinlar o‘ynashni yaxshi ko‘rishadi. Saloh esa aksincha, yonida olib yuradigan Qur’onni mutolaa qiladi.
Bir qarashda hammasi yaxshi, hatto zo‘r desa ham bo‘ladi. Ammo hech kim uchun kutilmaganda Saloh navbatdagi tuhmat nishoniga aylandi.
Doimiy ravishda Qur’oni karim ko‘tarib yurgani uchun Misr matbuoti Muhammad Salohni ixvonchi, fundamentalist degan ayblovlar bilan qoralayapti.
Islomofobiya shu darajada orsiz-axloqsiz bo‘lib boryaptiki, "Agar uyalmasang xohlaganingni qil!", hadisi sharifi ko‘ngildan ko‘p o‘tyapti. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi