08:08 / 13.05.2018
6 224

Islomni qabul qilgan angliyalik professor haqida

Islomni qabul qilgan angliyalik professor haqida
Qur’oni Karim va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlarining mo‘’jizotlarini fahmlay oladigan aql egalari to‘g‘ri yo‘lga kirib, Haq dinni tanlashlari muqarrardir.

Shulardan biri London universitetining professori, elektron texnika fakulteti rahbari doktor Artur Ellisondir. U bir necha yil davomida Britaniya ruhshunoslik tadqiqotlari jamiyatining prezidenti lavozimida ishlab, turli xil dinlar, jumladan, Islom bilan tanishgan. Aniq fanlar bo‘yicha mutaxassis hamda inson ruhiy holatini o‘rganuvchi doktor Ellison tirik va o‘lik odamning vazni bir xil bo‘lish yoki bo‘lmasligini aniqlash maqsadida tajriba o‘tkazishga qaror qildi. Ko‘ngillilar hech kelavermagach, uning rejasi barbod bo‘lishiga bir bahya qolgandi. Shunda bir musulmon talaba ustoziga uyg‘oq va mudroq holatdagi insonlar vaznini o‘lchashni tavsiya etib, Quro’ni Karimning Az-Zumar surasi 42-oyatini o‘qib berdi: “Alloh jonlarni o‘limi vaqtida, o‘lmaganlarni esa, uyqusi vaktida olur. Bas, o‘lishga hukm qilganlarini ushlab qolur, qolganlarini ma’lum muddatgacha qo‘yib yuborur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qamvlar uchun oyat-ibratlar bordir".

Har lahzada qanchadan-qancha odamlar jon beradilar. Ularning jonini kim oladi? Har bir odam har kuni ma’lum muddat uxlaydi, o‘shanda u o‘likka o‘xshab yotadi. Uning joni nima bo‘ladi? Bu savollarga mazkur jumlada javob bor. Jonlarni o‘lim vaqtida ham, uxlagan vaqtida ham oladigan zot Allohdir. Tandan jon chiqish katta vafot, uxlaganda tana bilan jon orasida aloqaning kuchsizlanishi kichik vafot deyiladi. Chunki uxlagan odamning jonini ham Alloh taolo olgan bo‘ladi. Kimning qazosi yetgan bo‘lsa, uyqusidan qayta uyg‘onmay, kichik vafoti katta vafotga aylanib qoladi. Alloh ajali yetmaganlarning jonini qo‘yib yuboradi. Ular belgilangan ajalgacha yashab yuradilar, deb tushuntirdi musulmon talaba.

Biroq talabaning so‘zlariga ishonmagan professor ushbu oyati karimani tekshirishga kirishdi. Tajriba shuni ko‘rsatdiki, uyqudagi insonning tanidan jon chiqqach, uning vazni kamayar ekan. Oyatda keltirilgan ma’lumot janob Ellisonni hayratga solib, u shu asnoda Islom dinini qabul qildi.

Manba: Info.islom.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Islomni qabul qilgan angliyalik professor haqida