09:39 / 13.05.2018
4 502

Kiyiklarning sirli harakati ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi (video)

Kiyiklarning sirli harakati ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi (video)
Foto:«Sabah.com»
Rossiyaning Kola yarimorolidagi Murmansk hududida qorda sur’at bilan aylanayotgan kiyik podasining videosi ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu haqda «Sabah»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

Kiyiklarning g‘ayrioddiy harakati tasvirga olingan videoni Kunstkamera etnografiya va antropologiya muzeyi mudiri Andrey Golovnev ijtimoliy tarmoqlarga joylashtirdi.

Mashhur bo‘lib ketgan 30 soniyalik video ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko‘plab sirli nazariyalar o‘rtaga tashlanishiga sabab bo‘ldi.

Ayrimlar «Kola yarimoroli shimoliy qutbga yaqin joylashgan. Shu bois Yerning magnit maydoni jonivorlarni shu holatga solgan» deyishdi.

Ba’zilar esa oriq kiyiklarni vahshiy hayvonlardan qutqarish maqsadida shunday yo‘l tutilganini aytishdi. Ba’zilar esa kiyiklar sovuqdan himoyalanish uchun shunday qilgan deya izoh berdi.

Antropolog olimlar oxirgi ikki fikrni qo‘llab-quvvatlashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kiyiklarning sirli harakati ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi (video)