
Shubhasiz, bu qadar balandlikdan sakragan odam tirik qolmaydi. Yigit va qiz shu yerning o‘zida jon berdi. Fojia yuz bergan joyga yetib kelgan politsiyachilar ularning yonidan o‘limoldi maktubini topishdi. Maktubda yozilishicha, ular bir-birlarini sevishgan. Ammo oilasidagilar bu nikohga qat’iyan qarshilik qilishgan. Shu sababli sevishganlar hech bo‘lmasa, boqiy dunyoda birga bo‘lishga ahd qilishgan.
— Iltimos, yaxshilar, — deyilgandi maktub so‘ngida. — Bizni bir qabrga dafn etinglar! Sizlardan o‘tinib so‘raymiz! Biz hech qachon bir-birimizdan ayrilishni istamaymiz…
Hozirgi vaqtda ushbu fakt bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov qo‘mitasi va prokuratura xodimlari surishtiruv ishlarini olib borishmoqda.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar